Rasmiy SDKʼdan foydalaning
TypeScript, Python va PHP uchun butun APIʼni qamrab oladigan kutubxonalar. Ularda qayta urinishlar, turlarga ajratilgan xatolar va oqimli javoblar tayyor.
Oʻrnatish
Node 20 yoki undan yangisi. Bun uchun: bun add @naiuz/sdk. Denoʼda npm:@naiuz/sdk ni import qiling. Cloudflare Workersʼda ham ishlaydi.
Kalitni sozlash
Boshqaruv panelidagi «API kalitlar» sahifasida kalit yarating, soʻng uni NEURONAI_API_KEY muhit oʻzgaruvchisiga yozing.
Har bir SDK kalitni shu yerdan oʻqiydi.
Kalitni oʻz serveringizda saqlang va APIʼni brauzerdagi sahifadan emas, backendingizdan chaqiring.
Nutq yaratish
Har bir yorliqda saqlab ishga tushirsa boʻladigan toʻliq dastur bor. U salom.wav faylini yozadi hamda nechta belgi ovozlantirilgani va ular necha kredit turganini chiqaradi.
Uni salom.mjs nomi bilan saqlang va node salom.mjs buyrugʻi bilan ishga tushiring.
Paketlar va manbalar
| SDK | Paket |
|---|---|
| TypeScript SDK | npm @naiuz/sdk |
| Python SDK | PyPI naiuz |
| PHP SDK | Packagist naiuz/sdk |
Har bir SDK papkasida uning README fayli va barcha metodlar roʻyxati keltirilgan api.md bor.